Green Technology Selector haqida

Yashil texnologiyalar taʼminotchilari bilan istiqbolli korxonalar va uy egalari oʻrtasida aloqa oʻrnatish

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan ishlab chiqilgan onlayn platforma investitsion qarorlarni qabul qilish jarayonini soddalashtirish orqali yashil texnologiyalarning tatbiq etilishini tezlashtirishda yordam beradi.

Platforma mahalliy moliyaviy hamkor-tashkilotlar orqali YTTB moliyalashtirish dasturlari uchun mosligi oldindan tasdiqlangan yashil texnologiyalar taʼminotchilari bilan potensial xaridorlarni bogʻlaydi.

Yashil texnologiyalarning korxonalar va uy egalari uchun istiqbolda yanada barqaror imkoniyatlar taqdim etuvchi uzoq muddatli moliyaviy va ekologik ustun jihatlari bor.

  • Texnologiya xaridorlari xaridlar boʻyicha qarorlarni yanada puxta oʻylab qabul qilishlari va moliyalashtirish imkoniyatlaridan yaxshiroq foydalanishlari mumkin
  • Texnologiya taʼminotchilari sarmoya kiritishga tayyor potensial xaridorlar orasida mahsulot jozibadorligini oshirishlari mumkin
  • Moliyaviy tashkilotlar mijozlar energiya va iqlim bilan bogʻliq voqealarga yanada moslashuvchan boʻlishlarida yordam beradi

Green Technology Selector ayni paytda 2600 dan ortiq taʼminotchining taxminan 39 000 tacha texnologiyasini targʻibot qilmoqda, buning natijasida yiliga 15 000 atrofida texnologiya xarid qilinmoqda.

Xaridorlar moliyaviy hamkor tashkilotlar moliyalashtirmoqchi boʻlgan yashil texnologiyalar yetkazib beruvchilarini aniqlashtirib olishlari mumkin.

Taʼminotchilar oʻz texnologiyalarini bepul roʻyxatdan oʻtkazishlari va sarmoya kiritishga tayyor xaridorlar moliyalashtirish imkoniyatiga ega bozorlarga chiqishlari mumkin.

Moliyaviy tashkilotlar YTTB moliyalashtirish dasturlari talablariga mos texnologiyalardan foydalanish orqali tranzaksiya xarajatlarini qisqartirishlari mumkin.


“Yashil” texnologiyalar qanday izohlanadi?

Green Technology Selector YTTB tamoyillari, siyosatlari va amaliyotlariga mos texnologiyalarni targʻib qiladi. Bu Bankning halollik standartlari, ekologik va ijtimoiy siyosati, shuningdek, yashil iqtisodiyotga oʻtish boʻyicha texnik yoʻriqnomani oʻz ichiga oladi.

  • Bu texnologiyalar umumiy bozor amaliyotiga qiyoslanganda iqlim oʻzgarishini sezilarli ravishda yumshatish, shunday oʻzgarishlarga moslashish imkoniyatlari va/yoki boshqa ekologik afzalliklarni taqdim etadi.
  • Har bir texnologiya toifasi uchun bozor koʻrsatkichlari va muvofiqlik atributlarining doimiy tahlili asosida minimum samaradorlik mezonlari belgilanadi.
  • Taʼminotchilar har bir texnologik mahsulot haqida yangilangan maʼlumotlarni taqdim etadi va ulardan malaka mezonlari boʻyicha baholanadigan va texnik ekspertlarimiz koʻrib chiqadigan oʻz texnologiyalarining atributlarini roʻyxatdan oʻtkazishlari talab etiladi.
  • Bu mezonlarga mos kelmaydigan texnologik mahsulotlar olib tashlanadi.

Samaradorligi yuqori yashil texnologiyalar nima degani?

Samaradorligi yuqori yashil texnologiyalar tanlangan mamlakat uchun YTTB tomonidan belgilangan Samaradorlik mezonlariga mahsulot muvofiq ekanligini anglatadi. Samaradorlik mezonlari texnologiya toifasiga, har bir mamlakatga koʻra belgilanadi. Bu mezonlarda samaradorlikni oddiy muqobil texnologiyalarning boshlangʻich koʻrsatkichidan kamida 20% oshirish talab etiladi, boshlangʻich daraja oʻz navbatida mahalliy bozor rivojlanishi, jumladan, texnologiyalar qiymati va bozorning yetukligini aks ettiradi, shu tariqa mahalliy bozorlarda mavjud yuqori koʻrsatkichlarga ega texnologiyalar segmentigina targʻib qilinadi.


Green Technology Selector Avstriya Federal Moliya vazirligi moliyaviy koʻmagi bilan ishlab chiqilgan

Bu veb-sayt Yevropa Ittifoqi tomonidan birgalikda moliyalashtirilgan. Veb-sayt kontenti uchun faqat Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (YTTB) javobgar va u doim ham Yevropa Ittifoqi nuqtayi nazarlarini aks ettiravermaydi.

Cofounder by the European Union